Версия для печати
25.08.2015 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2015 yil 20 avgustdan “O‘zbekiston markalarida sport” turkumining maxsus pochta markalari muomalaga kiritildi.

Pochta markalari Glazgo (Buyuk Britaniya) shahrida bo‘lib o‘tadigan Gimnastika bo‘yicha jahon chempionatiga hamda Pekin (KHR) shahrida bo‘lib o‘tadigan Yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga bag‘ishlangan.

Pochta markalarida: ustunga tayanib sakrayotgan gimnastka hamda balandlikka sakrayotgan sportsmen fragmentlari tasvirlangan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchamlari 37x37 mm. Adadi 10 ming nusxa.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

 

                                
№ 1137   № 1138
     
1137.“Gimnastika bo‘yicha jahon chempionati. Glazgo”. Nominali - 1200 so‘m
1138.“Yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati. Pekin”. Nominali - 1500 so‘m
 
Dizayner - Kaneves E.