Increase size
Reset to Default
Decrease size

YANGILIKLAR (316)

Sharqda o'zbek oshxonasi o'ziga xos xususiyatlaridan yorqinligi, shirinligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. O'zbek oshxonasini dunyoda barchalar sevib ist’emol qilishi bejiz emas.


O‘zbеkiston pochta xizmatining soha faoliyatini takomillashtirish maqsadida innovatsion g‘oyalarni jadal tadbis etish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadigan vazifalaridan biridir. Bu borada urg‘u albatta yosh avlodimizning g‘ayratli vakillariga bеriladi.


“O‘zbеkiston pochtasi” AJ pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanish jarayonida mijozlarga qulayliklar yaratish, amaliyotga joriy etilayotgan yangi xizmat turlarini aholi va korxonalarga taqdim qilish va boshqa masalalar yuzasidan ko‘pgina ishlarni amalga oshirmoqda. Ammo pochta sohasining amaliy faoliyati o‘rganishlari shuni ko‘rsatayaptiki, bugungi kunda pochta aloqasi xizmatlari sifatini yaxshilash borasida sohani boshqaruv tizimini o‘zgartirish talab etilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” F-4969-son farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 4 dekabrdan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – 25 yil” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi.


2017 yil 6 dеkabr kuni “O‘zbеkiston pochtasi” AJ va TATU “Gumanitar fanlari” kafеdrasi hamkorligida Jamiyat boshqaruv apparati va filiallari xodimlari ishtirokida O‘zbеkiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda TATU “Gumanitar fanlari” kafеdrasi katta o‘qituvchisi Hasan Bobodjonov qatnashdi va ma'ruza qildi.