Increase size
Reset to Default
Decrease size

YANGILIKLAR (283)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” F-4969-son farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 4 dekabrdan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – 25 yil” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi.


2017 yil 6 dеkabr kuni “O‘zbеkiston pochtasi” AJ va TATU “Gumanitar fanlari” kafеdrasi hamkorligida Jamiyat boshqaruv apparati va filiallari xodimlari ishtirokida O‘zbеkiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda TATU “Gumanitar fanlari” kafеdrasi katta o‘qituvchisi Hasan Bobodjonov qatnashdi va ma'ruza qildi.


Дунёда шундай инсонлар бўладики, неча ёшга кирмасин, кимгадир дўст, кимгадир яқин маслакдош сифатида ўз маслаҳатлари билан эл хизматида туради.

Мана шундай одамлар ҳақида гап кетганда аввало Муҳаррам Кенжабаевна Носировани кўз олдимизга келтирамиз. Шу кунлари 70-баҳорни қарши олаётган бўлсалар-да, юзларидан таралган нур, шахду шижоатлари унча-мунчаларни ортда қолдиради. Аслини олганда, ҳаётимизга маъно мазмун бағишлайдиган, бизни одамийликка, мардлик ва олижаноб, ҳақиқий инсон бўлишга чорлайдиган аёлларнинг меҳр-муҳаббати ва заҳматини ҳеч нарса билан ўлчаб бўлмайди. Муҳаррам Кенжабаевнанинг ҳаёт йўлига назар ташлайдиган бўлсак, Алишер Навоий бобомизнинг «Аёллар – фаришталарнинг опа-сингилларидир» деган ҳикматли сўзларининг асл маъносини тушунгандай бўламиз.  


Mizojlarning xalqaro pul o’tkazmalarini bank plastik kartalaridan yuborish masalasidagi ko’plab murojaatlari bo’yicha shuni ma’lum qilamizki, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina, Belarus, Moldova, Ozarbayjon va Armaniston davlatlariga xalqaro pul o‘tkazmalarini naqd pulda hamda bank plastik kartalaridan amal oshirish mumkin.


2018 yil uchun Rossiya Federatsiyasida chop etiladigan matbuot nashrlariga “O‘zbekiston pochtasi” AJning barcha hududiy filiallari, tuman, shahar pochta aloqa tarmoqlari hamda aloqa bo‘limlari orqali obuna bo‘lish mumkin. Obuna narxlari “O‘zbekiston pochtasi” AJ www.pochta.uz veb saytida joylashtirilgan.