2009 yil 1 iyun

819-824. Turkum "Dunyo bolalar nigohida".
Dizayner E.Kartsevich.

"Dunyo bolalar nigohida" maxsus pochta markalari turkumi. Turkum 6 markadan iborat. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog'ozi oq silliq. Umumiy adadi 300 ming nusxa. Markalarning bahosi - 200 so'm. Markalarning pastki qismida "Dunyo bolalar nigohida" davlat tilida qo'shimcha yozuv joylashtirilgan. Bir varaqdagi markalar soni 36 (6x6).

819.."Dunyo bolalar nigohida (Tinchlik kabutari)" - 1 o'rin,Babaxanyan Timofey rasmi - 9 yosh, Toshkent sh. Marka o'lchami 30x42 mm.
820.."Dunyo bolalar nigohida (Hayvonlar qiroli)" - 2 o'rin, Godovanyuk Nikita rasmi - 8 yosh, Toshkent sh.Marka o'lchami 42x30 mm.
821.."Dunyo bolalar nigohida (Laylak ini)" - 3 o'rin, Nebogina Kseniya rasmi - 6 yosh, Toshkent sh.Marka o'lchami 30x42 mm. 822.."Dunyo bolalar nigohida (Kechki bahor)" - 1 o'rin, Mirzamuxsinova Durdona rasmi - 13 yosh, Toshkent sh.Marka o'lchami 42x30 mm.
823.."Dunyo bolalar nigohida (Bayram)" - 2 o'rin, Muhiddinova Arofat rasmi - 11 yosh, Toshkent sh.Marka o'lchami 30x42 mm. 824. "Dunyo bolalar nigohida (Hurmat)" - 3 o'rin, Islomova Robiyabonu rasmi - 10 yosh, Toshkent sh.Marka o'lchami 42x30 mm.