Jamiyat xaqida

1992 yilda pochta aloqalari tashkilotlari va texnik-ishlab chiqarish aloqa boshqarmasining Matbuot tarqatuvchi negizida "O‘zbekiston pochtasi" konserni tashkil etilgan.

1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, keyinchalik Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Davlat konserni tarkibidagi pochta aloqalari tashkilotlari «"O‘zbekiston pochtasi» Davlat aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19 iyuldagi qaroriga asosan «O‘zbekiston pochtasi» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi, «Ozbekiston pochtasi» ochiq aksiyadorlik jamiyatiga, uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari filiallarga aylantirildi.

Mazkur qarorga muvofiq «O‘zbekiston pochtasi» OAJ O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasining milliy operatori etib belgilangan.