“Oltin meros” pochta blokining chiqarilishi haqida PRESS-RELIZ

Turkum pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan va 4 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida XIX asrda misdan tayyorlangan idishlar tasvirlangan.  

O‘zbekiston xalq amaliy san’ati orasida mis o‘ymakorligi alohida o‘rin tutadi. Xiva, Buxoro, O‘rta Osiyo va Qo‘qonda ishlab chiqarilgan mis buyumlari muzeylarda munosib o‘rinlarni egallaydi.  

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2010 yil 25 avgustda “Amaliy san’at” turkumiga bag‘ishlangan “Oltin meros” nomli maxsus pochta bloki muomalaga chiqarildi.

Pochta bloki hoshiyasida mis o‘ymakorligi ustalari fragmentlari tasvirlangan.  Pochta blokining yuqori qismida Xiva shahrining umumiy ko‘rinishi tasvirlangan va o‘zbek tilida lotin grafikasida “OLTIN MEROS” yozuvi joylashgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta blokining o‘lchami 117x99 mm. Pochta markalarning o‘lchami 42x30 mm. Adadi 20 ming nusxa.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.



909. Mis chelak (O‘rta Osiyo, XIX asr) Nominal – 400 so‘m
910. Tunga, jom (Xiva, XIX asr) Nominal – 800 so‘m
911. Dastsho‘y, oftoba (Qo‘qon, XIX asr oxiri) Nominal –1000 so‘m
912. Tunga, patnis (Xiva, Buxoro, XIX asr) Nominal –1200 so‘m

Rassom – Gan Z.
Dizayner – Kartsevich E.