“Gaz quvuri. O‘zbekiston-Xitoy” pochta markasining chiqarilishi haqida PRESS-RELIZ

Pochta markasi “Gaz quvuri. O‘zbekiston-Xitoy” loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan. Pochta markasining chiqarilishi “O‘zbekiston-Xitoy” gaz quvurining ikkinchi yo‘lini tushirish bo‘yicha tadbirga belgilangan.

Ushbu tadbirga bag‘ishlab, “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2010 yil 15 iyulda “Gaz quvuri. O‘zbekiston-Xitoy” nomli maxsus pochta markasi muomalaga chiqarildi.

Pochta markasida O‘zbekiston Respublikasining siyosiy xaritasi va loyiha ishtirokchilarining – milliy davlat ramzi tasvirlangan hamda o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘rta Osiyo Gaz quvurining qurilishiga bag‘ishlanadi. O‘ZBEKISTON-XITOY” yozuvi joylashgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 37x26 mm. Adadi 20 ming nusxa.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

 



№ 908. «O‘rta Osiyo Gaz quvurining qurilishiga bag‘ishlanadi.O‘ZBEKISTON-XITOY»
Nominal - 250 so‘m.
Dizayner -  Yusupaliyev U.