“O‘smirlarning I Olimpiada o‘yinlari” pochta markasining chiqarilishi haqida PRESS-RELIZ

Pochta markasi Singapurda bo‘lib o‘tadigan o‘smirlarning I Olimpiada o‘yinlariga bag‘ishlangan.

Ushbu tadbirga bag‘ishlab, “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2010 yil 12 iyulda “O‘smirlarning I Olimpiada o‘yinlari. Badiiy gimnastika” nomli maxsus pochta markasi muomalaga chiqarildi.

Pochta markasida gimnastikachi qiz koptok bilan tasvirlangan, markaning pastki o‘ng tomonida rasmiy ravishda tasdiqlangan “Singapur-2010” o‘smirlarning Olimpiada o‘yinlari emblemasi tasvirlangan va o‘zbek tilida lotin grafikasida «O‘SMIRLARNING I OLIMPIADA O‘YINLARI» yozuvi joylashgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 30x42 mm. Adadi 20 ming nusxa.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

 

 

907. “Badiiy gimnastika”
Nominal - 800 so‘m
Dizayner -  Karimov T.