“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” kichik varaqning chiqarilishi haqida PRESS-RELIZ

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2012 yil 3 yanvardan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” nomli pochta markalari muomalaga chiqarildi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 20 yilligiga bag‘ishlangan turkum kichik varaq ko‘rinishida chop etilgan. Kichik varaq 8 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mustaqillik davrida qo‘lga kiritgan yutuqlari va rivoji tasvirlangan.  
  
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida keng qamrovli isloxotlar natijasida O‘zbekiston davlat suvereniteti himoyasi, territorial butunligi va fuqarolarning osoyishta turmush tarzi to‘laqonli ta’minlangan. O‘zbekistonda tezkor, yaxshi jihozlangan, zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori jangovar tayyorgarlikka ega armiya tuzilgan.
 
Kichik varaqning o‘rtasidagi kuponda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 20 yilligiga bag‘ishlangan “Vatanga qasamyod” haykali tasvirlangan nishon joylashgan. Kichik varaqning hoshiyalarida jangovar o‘quv mashg‘ulotlar fragmentlari tasvirlangan va yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida «О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARIGA 20 YIL» yozuvi joylashgan. 
 
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi  oq  silliq.  Kichik varaqning o‘lchami  175x145mm. Pochta  markalarining  o‘lchami 42x30 mm. Adadi 10 ming nusxa. Dizayner -  Yusupaliyev U.
 
                                           
 

                                          Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari ornatilgan.

1000. Yosh leytenantning diplom olishi va ota-onasining tabrigi                             Nominali –  200 so‘m 

1001. Tantanali harbiy qasamyod qabul qilish marosimi                                         Nominali –  550 so‘m 

1002. Harbiylar oilasiga yangi uy kalitining tantanali taqdimoti                                Nominali –  700 so‘m 

1003. Togli hududda vertolyotda jangovar oquv mashguloti                   Nominali –  900 som 

1004. Minamyot batareyasining harbiy  o‘quv mashg‘uloti                                        Nominali – 1000 so‘m

1005. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari muzeyi territoriyasidagi              Nominali – 1200 so‘m

 “Vatanga qasamyod” haykali fonida tantanali harbiy qasamyod qabul qilish marosimi                                                                                                       

1006. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi talabalarining       Nominali – 1900 so‘m 

   o‘quv jarayoni  

1007. Jangovar harbiy texnika T-80 tankini boshqarishni o‘rganish jarayoni          Nominali – 2150 so‘m